Bugun 18 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

«Koinot go‘zali» tanlovi g‘olibi aniq bo‘ldi

«Koinot go‘zali» tanlovi g‘olibi aniq bo‘ldi

Daniyalik Viktoriya Ker Tyelvig Mexiko shahrida bo‘lib o‘tgan «Koinot go‘zali» tanlovi finalida g‘olib chiqdi.

Kelajakda advokat bo‘lishni rejalashtirgan 21 yoshli raqqosa va tadbirkor tanlov tarixida ushbu unvonni qo‘lga kiritgan birinchi daniyalik ayol bo‘ldi.

Finalda u nigeriyalik Chidimma Adetshina, meksikalik Mariya Fernanda Beltran, tailandlik Suchata Chuangsri va venesuelalik Ileana Markesni yengdi.

Bu yil birinchi marta 28 yoshdan oshgan ayollar ishtirok etishga ruxsat berildi. Yana bir Beatris Njoya finalga yo‘llanma olgan 40 yoshli birinchi ishtirokchi bo‘ldi.

Rossiyalik Valentina Alekseeva kuchli 12 talikka kirdi. Bu yil Belarus, Eritreya va BAA vakillari ilk bor tanlovda ishtirok etishdi. Kuba 1967 yildan beri birinchi marta musobaqaga qaytdi.

Kiritildi: Bugun 04:01. O'qildi: 831 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!