Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkentdagi kafeda jinoyat sodir etgan aka-ukalar qo‘lga olindi

A A A
Toshkentdagi kafeda jinoyat sodir etgan aka-ukalar qo‘lga olindi

2019 yil 30 iyun kuni soat 02:00 larda 2 noma’lum shaxs Toshkent viloyatining Chirchiq shahri A.Temur ko‘chasida joylashgan “Oltin diyor” kafesiga temir panjarasidan oshib tushib, shu kafening to‘rt nafar ishchilarini kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, ular orasidagi 18 yoshli  D.B.ga tegishli “Redmi” va “Miyezu” hamda R.E.ga tegishli “Samsung” rusumli mobil telefonlarini olib voqea joyidan yashiringanlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chirchiq shahar 4-mikrorayonda yashovchi 25 yoshli F.A. va uning birga yashovchi ukasi 23 yoshli I.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Kiritildi: 12:03 03.07.2019. O'qildi: 1638 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!