Toshkent shahar issiqlik ta’minoti operatori Veolia Energy Tashkent poytaxtdagi isitish quvurida avariya yuz berganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, isitish quvurida avariya holati yuzaga kelgani sababli (issiq suv ta’minotini cheklamagan holda) issiqlik ta’minoti quyidagi manzillarda vaqtinchalik to‘xtatildi:
«Quvurdagi muammoni bartaraf etish maqsadida tezkor avariyaviy-tiklov ishlari olib borilmoqda. Veolia Energy Tashkent MCHJ kompaniyasi keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi va ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi», — deyiladi xabarda.