Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent Citydagi Nest One binosi AloqaBank foydasiga musodara etilishi mumkin” sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi.
AloqaBank axborot xizmati ma’lum qilishicha, Nest One binosining qurilishiga AloqaBank’ning hech qanday aloqasi yo‘q. Bank tomonidan bu bino uchun hech kimga kredit mablag‘lari berilmagan va o‘z navbatida biror tadbirkorga nisbatan sudga murojaat qilinmagan. Xabarda keltirilgan AloqaBank bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar xech qanday asosga ega emas.