Holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda.
Jismoniy tarbiya yo‘riqchisi P.A. bolalarni gimnastika tayoqchasi bilan turtib, qatorga tizishga majburlagan. Tarbiyachi SH.M. ham ularga qo‘pol muomala qilgan.
Qayd etilishicha, shu yilning 28 fevral kuni Toshkent viloyati Parkent tumanidagi 19-sonli bolalar bog‘chasida tarbiyachi A.P (1994 yilda tug‘ilgan, ayol) tomonidan tarbiyalanuvchilar Z.R (2018 yilda tug‘ilgan, qiz bola) va S.M (2019 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola)larning quloq qismidan tortib, yuz va bosh qismlariga bir necha marotaba urgan.
Ushbu holat yuzasidan hozirda tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda, voyaga yetmagan bolalarga nisbatan tan jarohati yetkazilganligi faktini aniqlash maqsadida sudga oid ekspertiza tayinlangan.
Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Hodisa ortidan ikki xodimning mehnat shartnomasi bekor qilindi.