Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Toshkentdagi bog‘chada tarbiyachi bolani ovqat yemagani uchun stulga skotchlab qo‘ydi

Toshkentdagi bog‘chada tarbiyachi bolani ovqat yemagani uchun stulga skotchlab qo‘ydi

Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi xususiy bog‘chada tarbiyachilar bolani stulga skotchlab qo‘ydi. Poytaxt MMTB holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, holat 21 fevral kuni «First Daycare» bog‘chasida sodir bo‘lgan. Tarbiyachi uning yordamchisi ovqat yemagani uchun tarbiyalanuvchini skotchlab qo‘ygan.

Tashkilot ma’muriyati tarbiyachilar S.A. va X.M. bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilgan va ularni ishdan bo‘shatgan, deyiladi boshqarma axborotida.

Qayd etilishicha, ayni paytda ushbu holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:55 25.02.2025. O'qildi: 1908 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!