Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Toshkentda yuk poyezdi 22 yoshli yigitni urib yubordi

Toshkentda yuk poyezdi 22 yoshli yigitni urib yubordi

Toshkentda 22 yoshli yigit yuk poyezdi urib yuborishi natijasida vafot etdi. Bu haqda «Millar» informasion dasturida ma’lum qilindi.

Hodisa 25 aprel kuni soat taxminan 02:00 larda «Jalayir» va «Sergeli» temir yo‘l bekatlari oralig‘ida sodir bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, yigit harakatlanib kelayotgan poyezd ostida qolib ketgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha vaqtda shlagbaum yopiq bo‘lgan. Poyezd belgilangan tartibda signal bergan va harakat jadval asosida amalga oshirilgan.

Mashinist temir yo‘ldagi odamni taxminan 500 metr masofadan payqagan, biroq poyezdni to‘xtatishga ulgurmagan.

Hozirda Transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, marhumning mast holatda bo‘lganligi haqidagi ma’lumotlar ham tekshirilmoqda

Kiritildi: Bugun 15:00. O'qildi: 264 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!