Naftali Bennet ("Bennet-2026") va Yair Lapid ("Esh Atid") o‘z siyosiy kuchlarini yangi tashkil etilgan "Be-yaxad" ("Birgalikda") partiyasiga jipslashtirdi. Bu ittifoqdan ko‘zlangan asosiy maqsad — amaldagi hukumat rahbari Binyamin Netanyahuga qarshi muxolifat blokni kuchaytirishdir. Yangi blokka esa Bennet boshchilik qiladigan bo‘ldi.
Siyosatchilarning ta’kidlashicha, g‘alaba qozonilgan taqdirda faqat sionistik yo‘nalishdagi partiyalar bilan hukumat tuziladi.
So‘nggi so‘rovnomalarga ko‘ra, ushbu birlashgan blok parlamentda 27 ta o‘rinni qo‘lga kiritishi mumkin. Agar ularga "Yashar" partiyasi yetakchisi Gadi Ayzenkot ham qo‘shilsa, ko‘rsatkich 41 ta mandatgacha ko‘tarilishi taxmin qilinmoqda.