Toshkent shahrining Yangihayot tumanida ikki yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Millar dasturida xabar qilindi.
Ma’lum qilinishicha, YTH 8 aprel kuni erta tongda sodir bo‘lgan. O‘sha kuni soat 5:34 da Yangihayot tumani hududida Isuzu mashinasi YTHga uchragani va yong‘in kelib chiqqani haqida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan. Soat 5:37 da yong‘in qutqaruv ekipajlari manzilga yetib borgan va yong‘in 5:40 da o‘chirilgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yonayotgan mashinaga hech kim yaqinlasha olmagan. Oqibatda undagi ikki kishi mashina ichida qolib ketib, halok bo‘lgan.