Bugun 22 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Toshkentda yuk mashinasi urib ketgan fuqaro vafot etdi

Toshkentda yuk mashinasi urib ketgan fuqaro vafot etdi

Joriy yilning 13 aprel kuni soat 22:00 larda Bektemir tumani Xonobod ko‘chasida 1998 yilda tug‘ilgan D.A. HOWO rusumli yuk avtomashinasini boshqarib ketayotib, 1969 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan. Bu haqda IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, fuqaro yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan bo‘lgan. Oqibatda piyoda olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 09:19 14.04.2025. O'qildi: 1275 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!