Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda YTH: uchta mashina va avtobus to‘qnashdi

Toshkentda YTH: uchta mashina va avtobus to‘qnashdi

2021 yil 7 aprel kuni soat 09.45 da Yakkasaroy tumani Katta Mirobod ko‘chasida 28 yoshli Samarqand viloyatilik Akram I. “Lacetti” (davlat raqami 01 YE 001 VV) rusumli avtomobilni Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab boshqarish davomida boshqaruvni yo‘qotib Katta Mirobod va Shota Rustaveli ko‘chalari kesishmasida svetoforning taqiqlovchi belgisiga to‘xtagan bir nechta transport vositalari bilan to‘qnashgan. Ular qatorida: 35 yoshli Shobahrom SH. boshqaruvidagi «Spark» avtomobili (davlat raqami 01 S 686 RA) va 24 yoshli Abduvohid K. boshqaruvidagi «Matiz» (davlat raqami 01 V 197 VA) avtomobili. Shundan so‘ng “Lacetti” beton ustunga to‘qnashgan. 

Zarbadan “Matiz” avtomobili ag‘darilib, qarshisida turgan 30 yoshli Baxtiyor T. Boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli (davlat raqami 01 763 GEA) yo‘lovchi avtobusiga to‘qnashgan. YTH sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

YTH natijasida avtobus yo‘lovchilariga zarar yetmadi. “Lacetti” avtomobili va “Spark” avtomobili yo‘lovchisi (shaxsi aniqlanmoqda) badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazildilar.

Mazkur fakt bo‘yicha Toshkent shahar IIBB tomonidan tergov oldi tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 08:00 08.04.2021. O'qildi: 2405 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!