Kecha, 13 may kuni Toshkentda uzoq kutilgan yomg‘ir yog‘di. Ammo kuchli jala kutilgan salqinlikdan ko‘ra ko‘proq xavotir uyg‘otdi. Sababi, yomg‘irdan so‘ng Toshkent ko‘chalarida suv to‘planib, mashinalar harakatiga xalal berdi. Internetda Toshkentda yoqqan yomg‘ir tufayli yo‘llardagi manzaralar tasvirlangan fotolar taqdim etildi.

