Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda yirik investisiya forumi o‘tkaziladi

Toshkentda yirik investisiya forumi o‘tkaziladi

Joriy yil 2-3 may kunlari uchinchi Toshkent xalqaro investisiya forumi (TXIF-III) bo‘lib o‘tadi. Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, TXIF nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqa uchun muhim tadbir hisoblanadi. An’anaga muvofiq, dasturga yalpi majlis, turli masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan ekspertlarning 50 dan ortiq uchrashuvi, jumladan munozara, davra suhbati va B2B muzokaralar kiritilgan.

Har bir ishtirokchi hamkorlar bilan manfaat kesishadigan nuqtalarni topishi, muayyan investisiya loyihalarini o‘rganishi, o‘nlab yo‘nalishlarda ro‘y berayotgan so‘nggi tendensiyalarni muhokama qilishi va istiqbolli takliflarni qabul qilishi mumkin.

Kun tartibida dunyodagi iqtisodiy turbulentlik sharoitida barqaror o‘sish sur’atini namoyish etayotgan, bosqichma-bosqich Markaziy Osiyoda haqiqiy investisiya markaziga aylanib borayotgan mamlakatimizning salohiyatini namoyon etish alohida o‘rin egallagan. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan qulay sharoit – salmoqli imtiyoz va preferensiyalar, investorlar huquqi kafolatli himoyalangani sarmoyadorlar qiziqishini oshirmoqda.

Qayd etish kerak, yil sayin forum miqyosi va geografiyasi kengaymoqda. Ilk anjuman – TXIF-2022 56 davlatdan 2 mingdan ziyod yirik investor va yuqori martabali mehmonni, TXIF-2023 esa 70 mamlakatdan 2500 ishtirokchini jamlagan. Oxirgi tadbirda 11 milliard dollarlik 164 hujjat imzolangan. 2024 yil Toshkent sayyoramizning barcha qit’alaridan yanada ko‘proq mehmonlar – investorlar, rasmiylar va tahlilchilarni qabul qilishi kutilyapti.

Kiritildi: 09:05 28.02.2024. O'qildi: 716 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!