Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Mbappe kim uni qamatishga harakat qilayotganini biladi

Mbappe kim uni qamatishga harakat qilayotganini biladi

Matbuotda bir necha kundan beri Kilian Mbappe atrofida uncha yaxshi bo‘lmagan xabarlar aylanmoqda. 25 yoshli fransuz Shvesiya poytaxti Stokgolmdagi mehmonxonada zo‘rlash voqeasida gumonlanmoqda. Ammo polisiya tergovida aniq Mbappening ismi keltirilmagan.

"Cadena SER" telekanalidagi "El Larugero" dasturi Mbappening pozisiyasi haqida ma’lumot berdi. «Real Madrid» futbolchisi bu xabarlarning matbuotda paydo bo‘lishi ortida «PSJ» prezidenti Nosir al-Xelayfiy turganiga ishonch bildirmoqda. Ilgari Kilian zo‘rlash haqidagi xabarni soxta deb atagan edi.

Mbappening fikricha, al-Xelayfiy unga tuhmat qilmoqchi. Aytgancha, ayni damda Kilian va «PSJ» o‘rtasida maosh va bonuslar bo‘yicha qarzlar bo‘yicha bahs bor.

Kiritildi: 16:24 17.10.2024. O'qildi: 1772 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!