Rossiya qurolli kuchlari hozirda islom qo‘shinlari nazorati ostida bo‘lgan Idlibga zarba berdi.
Bu haqda Rossiyaning Suriyadagi urushayotgan tomonlarni yarashtirish markazi rahbari o‘rinbosari 1-darajali kapitan Oleg Ignasyukning bayonotida aytiladi.
Viloyatning shimoli-g‘arbiy qismi va Idlib shahrini nazorat qiluvchi "Jabhat an-Nusra" va "Turkiston Islom partiyasi" guruhlari Suriya hukumat kuchlari pozisiyalariga javob zarbasini bergan.
Eslatib o‘tamiz, Asad armiyasi hozirda viloyatning janubi-sharqiy qismini nazorat qilmoqda.