IIVning ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda yoshlar o‘rtasida o‘zini ma’lum bir hayvon qiyofasida aks ettiruvchi aksessuarlardan foydalangan holda o‘sha jonzotning xatti-harakatlariga taqlid qilish — kvadroberlik submadaniyati namoyon bo‘lmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday harakatlar Toshkent shahrida ham kuzatilgan. Xususan, 10 oktyabrda hayvonlar qiyofasidagi niqoblarni taqib olgan “kvadrober” uchratilgan, 11 oktyabrda esa yana bir “kvadrober” itning harakatlariga taqlid qilgan holda yo‘lovchilarga hujum qilgan.
Ushbu g‘ayrioddiy madaniyatning keng tarqalishining oldini olish maqsadida "kvadrober"lik bilan shug‘ullanyotgan bolalarning ota-onalariga javbgarlik belgilanmoqda.
Ya’ni "kvadrober" bolalarning ota-onalari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq, BHMning 5 barobarigacha (1million 875 ming so‘mgacha) jarima to‘laydi.
Ma’lumot o‘rnida: Ekspertlarning fikricha, kvadroberlik bola o‘ziga hayvonlarning agressiv harakatlarini qabul qilishiga, o‘zini va atrofdagilarni jarohatlashiga, bolaning hali to‘la shakllanmagan psixikasiga zarar yetishiga hamda uning jamiyatdan ajralib qolishiga olib kelishi mumkin.