VSHE (Iqtisodiyot oliy maktabi) o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, Rossiyada yangi sinf — «qo‘shtirnoq ichidagi boylar» paydo bo‘lgan.
Unga rasman kambag‘al sifatida ro‘yxatga olingan, biroq aslida boy bo‘lgan ota-onalarning farzandlari kiradi. Soliq deklarasiyalari ma’lumotlarini solishtirgan olimlarni natijalar hayron qoldirdi. Rasmiy millionerlar soni kamayishni boshlagan, aslida esa ularning soni statistikadagidan ancha ko‘p.
Mutaxassislarning fikricha, statistika yolg‘on, daromadi qog‘ozda kamtargina ko‘ringan bu odamlar hayotda oshib-toshib yashashyapti.