Goal nashri 2026 yilgi jahon chempionati favoritlari reytingini tuzdi.
Unga ko‘ra, ro‘yxatni Yevro-2024 chempioni Ispaniya boshqarmoqda. Amaldagi jahon chempioni Argentina 2-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, Germaniya milliy jamoasi uchlikni yakunlagan.
Angliya va Italiya beshlikdan joy olgan bo‘lsa, Braziliya milliy jamoasi top-10likka kiritilgan.
JCH-2026 favoritlari (Goal talqini):
1. Ispaniya;
2. Argentina;
3. Germaniya;
4. Angliya;
5. Italiya;
6. Fransiya;
7. Kolumbiya;
8. Portugaliya;
9. Braziliya;
10. Niderlandiya;
11. Xorvatiya;
12. Belgiya;
13. Kanada;
14. Meksika;
15. Urugvay;
16. AQSH.