Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Toshkentda yigit sheriklari yordamida onasini o‘ldirib, jasadni yerto‘laga ko‘mdi

Toshkentda yigit sheriklari yordamida onasini o‘ldirib, jasadni yerto‘laga ko‘mdi

Toshkentda yigit sheriklari yordamida onasini o‘ldirib, jasadni yerto‘laga ko‘mdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Aniq.uz'ga ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, 2022 yil 31 iyul soat 21:00 larda 2006 yilda tug‘ilgan bola yashash xonadonida onasini oilaviy kelishmovchilik sababli qasddan o‘ldirish maqsadida ikki nafar voyaga yetmagan tanishlarini uyiga yordamlashish uchun chaqirgan.

Shu vaqt u jinoiy sheriklari bilan onasini qasddan o‘ldirib murdani yashash uyining yerto‘lasiga ko‘mib qo‘ygan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumondorlar prosessual tartibida ushlangan.

Kiritildi: 11:56 02.08.2022. O'qildi: 5789 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!