Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Toshkentda voyaga yetmagan bola Mercedes-Benz'da ikki piyodani urib ketdi

Toshkentda voyaga yetmagan bola Mercedes-Benz'da ikki piyodani urib ketdi

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida 2024 yil 7 noyabr kuni voyaga yetmagan shaxs rul boshqaruvida piyodalarga jarohat yetkazdi. Bu haqda shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Soat taxminan 13:00 larda Yangi O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan avtoturargohlarning birida voyaga yetmagan S.P. (2008 yilda tug‘ilgan) Mercedes-Benz avtomashinasida harakatlanib, 2 nafar piyodani (2003 y.t. J.S. va 2006 y.t. SH. E.) urib yuborgan.

Oqibatda jabrlanuvchilar shifoxonaga olib borilgan. Sudga oid tibbiy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, fuqaro SH. E.ning holati yengil jarohat, fuqaro J.S.niki esa og‘ir jarohat deb baholangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari tamomlanib, tegishli tartibda sudga yuborish chorasi ko‘rilmoqda.

Kiritildi: 07:20 12.03.2025. O'qildi: 1175 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!