Bugun 21 fevral, 2025 yil, juma

КИР

Toshkentda Turk davlatlari Xalqaro universiteti ochiladi

Toshkentda Turk davlatlari Xalqaro universiteti ochiladi

O‘zbekiston poytaxtida Turk davlatlari Xalqaro universiteti tashkil etiladi. Tegishli qarorni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzoladi.

Yangi universitet muhandislik, qurilish, logistika, axborot texnologiyalari va dasturlash, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, iqtisodiyot va ijtimoiy siyosat sohalarida mutaxassislar tayyorlaydi. Ta’lim jarayoni xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etiladi.

✍️ Hujjatga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab universitetda o‘qish Turkiyaning eng yaxshi 1000 ta jahon universitetlari reytingiga kiruvchi oliy ta’lim muassasalarining dasturlari asosida olib boriladi.

Kiritildi: 02:22 30.01.2025. O'qildi: 748 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!