Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Toshkentda tibbiyot xodimlarining kaltaklanishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

A A A
Toshkentda tibbiyot xodimlarining kaltaklanishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Yashnobod tumanidagi shifoxonada vafot etgan bemorning o‘limidan so‘ng, uning farzandlari shifokorlarni do‘pposlagani va SSV ushbu holat yuzasidan huquqni muxofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgani haqida xabar bergan edik. 

Toshkent shahar IIBBning ma’lum qilishicha, 18 fevral kuni taxminan soat 23:50 larda Yashnobod tumanidagi 4-sonli shahar klinik shifoxonasidagi izolyator xonasida 28 yoshli F.M. shaxsi aniqlashtirilayotgan ikki nafar tanishlari bilan Tez tibbiy yordam bo‘limi 3-sonli podstansiya shifokori 31 yoshli D.U. va feldsher 20 yoshli A. A.ga tan jarohati yetkazgan. 

Voqea natijasida ikkala tibbiyot xodimlari turli darajadagi tan jarohatlari olishgan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Kiritildi: 13:48 22.02.2021. O'qildi: 1932 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!