Bugun 11 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Toshkentda «Tekinga narsa tarqatish» aksiyalari to‘xtatildi

A A A
Toshkentda «Tekinga narsa tarqatish» aksiyalari to‘xtatildi

Toshkent shahridagi «Ashxobod» ko‘ngilochar bog‘ida bugun, 1 iyun soat 12.00larda tekinga o‘yinchoqlar tarqatilishi haqidagi axborot ortidan, poytaxtimiz aholisi va mehmonlardan iborat juda ko‘p fuqarolarning bir vaqtning o‘zida bog‘ atrofida to‘planishlari natijasida, unga kirish/chiqish va ayrim ichki yo‘nalishlarida tiqilinch vaziyat hamda boqqa olib keluvchi va yaqin avtomobil yo‘nalishlarida tirbandliklar yuzaga keldi.

Hozirda vaziyat to‘liq nazoratga olingan bo‘lib, tiqilinchlarni va yo‘llardagi tirbandliklarni bartaraf etish ishlari jadal amalga oshirilmoqda. Yuzaga kelgan vaziyatda jarohatlanganlar aniqlanmagan, tobi qochganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Shuningdek, poytaxtimizdagi jamoat joylarida bayram munosabati bilan tashkil etish rejalashtirilgan turli «Tekinga narsa tarqatish» kabi aksiyalar to‘xtatildi.

Kiritildi: 14:28 01.06.2024. O'qildi: 1784 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!