Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Toshkentda tashqi reklamani joylashtirish uchun yig‘im stavkalari tasdiqlanadi

Toshkentda tashqi reklamani joylashtirish uchun yig‘im stavkalari tasdiqlanadi

“Toshkent shahrida tashqi reklamani joylashtirish uchun yig‘imlar undirish vaqtinchalik tartibini belgilash va 2019 yil uchun yig‘im stavkalari to‘g‘risida” poytaxt hokimligining qaror loyihasi tayyorlandi.

Qaror loyihasiga Toshkent shahrida tashqi reklamani joylashtirish uchun yig‘imlar miqdori ilova qilingan.

Hujjatda loyihasida tashqi reklamani joylashtirish uchun yig‘im undirish tartibi tasdiqlangunga qadar Toshkent shahrida tashqi reklamani joylashtirish huquqini berish bo‘yicha ishlar (shartnomalarni tuzish, yig‘imlarni undirish, hisobini yuritish va boshqalar)ni Toshkent shahar hokimligi ta’sischiligidagi “Poytaxt reklama servis” DUK zimmasiga yuklatilishi belgilangan.

“Toshkent shahrida tashqi reklamani joylashtirish huquqi uchun 2018 yil 1 dekabridan yig‘iladigan yig‘imlarning 10 foiziini “Poytaxt reklama servis” DUK ihtiyoriga, 90 foizini Toshkent shahar mahalliy byudjetiga yo‘naltiriilishi belgilansin”, - deyilgan loyihada.

Hujjat 27 iyulgacha muhokama qilinadi.



 

Kiritildi: 05:45 13.07.2019. O'qildi: 1138 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!