Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda sovuq suv narxi tariflari oshiriladi

Toshkentda sovuq suv narxi tariflari oshiriladi

Toshkent shahrida ichimlik va oqova suv xizmatlari tariflarining yangi narxlari tasdiqlandi. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qaror qabul qildi.

Qarorga ko‘ra, bir metr kub suv narxi tariflari quyidagicha etib belgilandi:

— Aholi uchun ichimlik suvi 1 400 so‘m (amalda 400 so‘m), oqova suv narxi 1 000 so‘m (amalda 350 so‘m);

— Ulgurji iste’molchilari uchun ichimlik suvi 1 400 so‘m (amalda 400 so‘m), oqova suv narxi 1000 so‘m (amalda 350 so‘m);

— Byudjet tashkilotlari uchun ichimlik suvi 1 400 so‘m (amalda 400 so‘m), oqova suv narxi 1000 so‘m (amalda 350 so‘m);

— Yuridik tashkilotlar uchun ichimlik suvi narxi 3 000 so‘m (amalda 1000 so‘m), oqava suv narxini 2 200 so‘m (amalda 820 so‘m).

Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘n besh kun o‘tgach kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yettita viloyatda ham aholi uchun ichimlik suvi narxi 850 so‘mdan 2 800 so‘mgacha oshgandi.

Toshkentda sovuq suv narxi tariflari oshiriladi

Kiritildi: 10:34 25.11.2023. O'qildi: 8393 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!