Ijtimoiy tarmoqlar orqali "ZooFriendsUZ" nomli do‘konda 4 oylik makaka turidagi maymun – Dilshod sotuvga qo‘yilgani haqida xabar berildi.
Ushbu holat Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining Olmazor tumani inspektori tomonidan joyiga chiqib o‘rganilganda, hozirgi vaqtda maymun sotib yuborilganligi ma’lum bo‘ldi.
Saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni saqlaganligi uchun mas’ul shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtK ning 92 prim 1 moddasi bilan BHM ning 5 baravari miqdorida jarima belgilanib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilganligini Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining rasmiy telegram sahifasi ma’lum qildi.