Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Toshkentda "pod’ezd"da ayol kishiga jinsiy a’zosini ko‘rsatgan erkak 15 sutkaga qamaldi

Toshkentda "pod’ezd"da ayol kishiga jinsiy a’zosini ko‘rsatgan erkak 15 sutkaga qamaldi

Joriy yilning 8 noyabr kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida sudlanuvchi B.B.ga oid sud ishi ko‘rib chiqildi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 23 oktyabr kuni huquqbuzar B.B. Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Ehtirom ko‘chasida yashovchi jabrlanuvchining uyiga kelib xonadon qo‘ng‘irog‘ini bosgan va jabrlanuvchi F.E. eshikni ochganda B.B. undan soat necha bo‘ldi deb so‘ragan. Shu paytda F.E. soat necha bo‘lganini bilmasligini aytganida B.B. unga baqirib, mayda bezorilik, ya’ni jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan fuqaro F.E.ga (ayol) jinsiy a’zosini ko‘rsatgan.

Sud majlisida huquqbuzar B.B. haqiqatdan ham yuqorida qayd etilgan huquqbuzarlikni sodir etganligiga iqrorlik bildirib, qilgan ishidan pushaymonligini, bunday holat boshqa takrorlanmasligini, suddan uni oilaviy sharoitini inobatga olib, unga nisbatan yengilroq jazo tayinlashni so‘rab, ko‘rsatuv bergan.
Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi B.B. MJtKning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi va unga shu moddaga asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 10:35 09.11.2024. O'qildi: 2053 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!