Bugun 18 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda metroda notanish qizga tegajog‘lik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi

Toshkentda metroda notanish qizga tegajog‘lik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi

Joriy yilning 17 dekabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida huquqbuzar I.I.ga oid ma’muriy ish ko‘rib chiqildi.

Aniqlanishicha, 2024 yil 13 dekabr kuni fuqaro B.R ertalab 08:10da dugonasi E.F. bilan Chilonzor metro bekatida elektropoyezd kutayotgan vaqtida va elektropoyezd vagonida I.I. uni tanasining belidan pastki qismiga teginib shilqimlik qilganligini ma’lum qilib, qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Sud majlisida so‘ralgan huquqbuzar I.I. yuqorida ko‘rsatilgan holat bo‘yicha aybiga iqror emasligini, o‘sha kuni metropolitenda odam ko‘p bo‘lganligi sababli B.R.ga tegib ketgan bo‘lishi mumkinligini, ammo unga ataylab teginmaganini, uni tanimasligini ma’lum qilgan.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi I.I. MJtKning 41-1-moddasining 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topildi va unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Kiritildi: Bugun 10:00. O'qildi: 473 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!