Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda kiberjinoyatchilar guruhi bank kartalaridan 1 mlrd so‘m o‘g‘irladi

Toshkentda kiberjinoyatchilar guruhi bank kartalaridan 1 mlrd so‘m o‘g‘irladi

Toshkentda bank kartalaridan pul o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan kiberjinoyatchilar guruhi qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi Toshkent boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Jinoyatchilar Telegram messenjeri orqali tarqatilgan zararli apk fayllar yordamida fuqarolarning Android telefonlariga kirib, ulardagi SMS xabarlar, kontaktlar, qo‘ng‘iroqlar tarixi va boshqa shaxsiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritgan. Ushbu ma’lumotlar orqali ular bank kartalariga kirib, mablag‘larni o‘zlashtirgan.

Aniqlanishicha, firibgarlar virus yuqtirilgan qurilmalaridagi SMS-tasdiqlash kodlarini kuzatib borish imkonini beruvchi yopiq Telegram guruh yaratgan. Ular o‘z faoliyatini call-markaz orqali boshqarib kelgan.

Tergov davomida 177 ta bank kartasidan jami qariyb 1 milliard so‘m o‘g‘irlangani aniqlangan. Qo‘lga olingan jinoyatchilar turli davlat fuqarolari ekani aytilmoqda. Hozirda ularning respublika hududidagi boshqa sheriklarini aniqlash bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari davom etmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) asosida jinoiy ish qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar hibsga olingan.

Kiritildi: 22:35 14.07.2025. O'qildi: 811 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!