Toshkent shahar IIBBning Zamon.uz’ga ma’lum qilishicha, sodir etilgan jinoyatning sababi o‘rganilganda, F.M. shifokorlarning o‘z ishiga sovuqqonlik bilan yondashganligi sababli onasi D.N.ning o‘limi yuz bergan degan fikrda bo‘lganligi aniqlangan. Marhum D.N. yuqorida qayd etilgan kasalxonaga tez tibbiy yordam mashinasida klinik o‘lim holatida olib kelingan.
Voqea natijasida ikkala tibbiyot xodimlari turli darajadagi tan jarohatlari olishgan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 19 fevral tungi soat 23:13 da tez tibbiy yordam Sall-markaziga Toshkent shahri Yashnobod tumani Yashnobod 6-tor ko‘chasidagi xonadonlarning biridan chaqiriq tushgan. Bemorning ahvoli o‘ta og‘ir bo‘lganligi uchun zudlik bilan poytaxtimizdagi I.Irgashev nomli 4-son shahar klinik shifoxonasiga yetkazilgan. Bemorning vafoti haqida yaqinlariga ma’lum qilinganda uning farzandlari tomonidan xizmat vazifasini bajarayotgan shifokorlarga nisbatan sababsiz jismoniy tazyiq o‘tkazilgan.