Bugun 8 may, 2026 yil, juma

КИР

Toshkentda jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimagan mast fuqaroga chora ko‘rildi

Toshkentda jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimagan mast fuqaroga chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir fuqaro yo‘lning o‘rtasida turganligi aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilindi.

Joriy yilning 8 may kuni taxminan soat 02:35 larda Olmazor tumani, TXAY ko‘chasida, 2001 yilda tug‘ilgan S.O., mast holatda bo‘la turib, yo‘lning qatnov qismiga chiqib olgan. U jamoat joyida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, transport vositalarining erkin harakatlanishiga xalaqit bergan.

Mazkur holat yuzasidan S.O.ga nisbatan Olmazor tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) alomatlari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. To‘plangan hujjatlar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga taqdim etilgan.

Kiritildi: Bugun 16:35. O'qildi: 312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!