Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta shaxslar fuqarolardan intervyu olish bahonasida suhbatlashib, ulardan firibgarlik yo‘li bilan pul yig‘ayotgani aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilindi.
Joriy yilning 5 iyul kuni Chilonzor tumanidagi bog‘larning birida, 2004 yilda tug‘ilgan SH.S., 2001 yilda tug‘ilgan S.S. va 2004 yilda tug‘ilgan T.A.lar fuqarolar bilan intervyu olish bahonasida suhbatlashib, ulardan firibgarlik yo‘li bilan masjid qurilishi, nogironlarga yordam kabi bahonalarni ishlatib pul yig‘ayotganlari ma’lum bo‘ldi. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu fuqarolarning shaxsi aniqlandi va ulardan ashyoviy dalil sifatida pul mablag‘lari xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.