Bugun 15 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Toshkentda IIO xodimi xizmat vaqtida o‘ldirildi

A A A
Toshkentda IIO xodimi xizmat vaqtida o‘ldirildi

Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berishicha, 30 noyabr kuni soat 00:50 lar atrofida Toshkent shahar Olmazor tumani IIO Faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi profilaktika inspektori katta leytenant N.Bobomurotov, tumanning «G‘alaba» mahallasiga tezkor chaqiruv bo‘yicha yetib boradi.

Ma’lum bo‘lishicha, xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga muqaddam sudlangan, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro B.Z. tajovuz qilib, voqea joyidan yashirinadi.

N.Bobomurotov hodisa joyida vafot etgan. Xodimning hayotiga tajovuz qilishda gumonlanayotgan shaxsni qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda.

Holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 18:01 30.11.2022. O'qildi: 4141 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!