Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Toshkentda haydovchi o‘zaro janjalda ikki kishini arra bilan jarohatladi

Toshkentda haydovchi o‘zaro janjalda ikki kishini arra bilan jarohatladi

Toshkentda haydovchi o‘zaro janjalda ikki kishini arra bilan jarohatladi.

IIBB xabariga ko‘ra, Chilonzor tumanida 13 avgust kuni Spark rusumli avtomobil haydovchisi 28 yoshli SH.M. va Hyundai rusumli avtomobil haydovchisi 36 yoshli Q.YU. Kichik xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasida ketayotib, bir-biriga yo‘l bermasdan o‘zaro urushib ketishgan.

Janjal davomida SH. mashinasidan arrani olib, Q. va u bilan birga bo‘lgan yo‘lovchi 27 yoshli X.A.larga jarohat yetkazgan. O‘z navbatida ular ham Spark haydovchisi SH.ga tan shikastlari yetkazishgan. Natijada har uchalasi tibbiy yordamga murojaat qilishgan.

Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

 

Kiritildi: 11:05 23.08.2019. O'qildi: 1593 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!