Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda erkak shar’iy nikohidagi ayolining sobiq turmush o‘rtog‘ini pichoqlab o‘ldirdi

Toshkentda erkak shar’iy nikohidagi ayolining sobiq turmush o‘rtog‘ini pichoqlab o‘ldirdi

Toshkentda o‘zining shar’iy nikohidagi ayolining sobiq turmush o‘rtog‘ini o‘ldirgan erkakka hukm oqildi. Bu haqda «Millar» teleko‘rsatuvida xabar berildi.

Aniqlanishicha, fuqarolar o‘zaro mojaroni hal qilish uchun Bektemir tumanidagi «Compass» savdo markazi yaqinida uchrashishga kelishib olgan. Ammo, uchrashuv vaqtida ular o‘rtasida janjal kelib chiqgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchi fuqaroga o‘tkir buyum bilan 24 marotaba tan jarohati yetkazgan. Natijada yigit voqea joyida vafot etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudi erkakni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (qasddan odam o‘ldirish) «j, l» bandlari bilan aybdor deb topdi. U 17 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Kiritildi: 15:10 10.07.2024. O'qildi: 1452 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!