Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda yer uchun 840 ming dollar talab qilgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkentda yer uchun 840 ming dollar talab qilgan shaxs qo‘lga olindi

IIV Tezkor qidiruv departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda murojaatchidan 840 ming AQSh dollari talab qilgan shaxs qo‘lga olindi.

1970 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan, qurilish mollari savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxs yordam so‘ragan fuqaroga Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi 9 gektarlik noturar joy maydonining 4 gektarini turar joy qurish maqsadida hujjatlashtirib berishni va’da qilgan. Buning uchun Davlat kadastrlar palatasida yuqori mansabli tanishlari borligini aytadi.

Natijada ushbu shaxs murojaatchidan avval 100 ming, so‘ngra 740 ming dollar pul talab qilib kelayotgani aniqlanadi. IIV Tezkor qidiruv departamenti xodimlari tomonidan Yunusobod tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda gumonlanuvchi 100 ming dollar miqdorida pora olayotganda ushlandi.

Hozirda mazkur ish yuzasidan JKning 168 va 211-moddalari bo‘yicha tergov jarayonlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 16:54 12.10.2026. O'qildi: 444 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!