Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari O‘zbekistonda kikshering xizmatining afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qildi.
Kikshering (inglizcha "kick" - "oyoq bilan tepish" va "sharing" - "birgalikda foydalanish") - bu elektr samokatlarni qisqa muddatga ijaraga olish xizmatidir.
2022 yilning aprel oyida Toshkentda birinchi kikshering xizmati ishga tushirildi va qisqa vaqt ichida ommalashdi.
Biroq, mazkur transport vositalarining betartib harakatlanishi piyodalar, velosipedchilar va avtomashinalar uchun qator muammolarni yuzaga keltirmoqda.
Afzalliklari:
Kamchiliklari:
Elektr samokatlar bilan bog‘liq noxush hodisalar statistikasi:
Italiyada so‘nggi ikki yil ichida elektr samokatlar ishtirokida ro‘y bergan yo‘l transport hodisalari (YTH) oqibatida 17 kishi vafot etgan.
Fransiyada 2022 yilda elektr samokatlar 27 kishining hayotiga zomin bo‘lgan. Xususan, Parijda 3 kishi hayotdan ko‘z yumgan va 459 kishi jarohatlangan.
Buyuk Britaniyada 2021 yil 10 nafar foydalanuvchi to‘qnashuv oqibatida olamdan o‘tgan, 331 nafari og‘ir jarohat olgan.
Germaniyada 2022-yilda elektr samokatlar ishtirokida jami 442 ta baxtsiz hodisa ro‘y bergan.
Shu bois xorijiy mamlakatlarning hukumatlari qurilmalardan foydalanishni tartibga solishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlarni ko‘rmoqda.
Xususan:
Joriy yilning aprel oyida Parijda o‘tkazilgan referendumda ishtirok etganlarning 90 foizi ushbu transport vositalarini ta’qiqlash tarafdori ekanligini bildirgan.
2022 yilda Xelsinkida dam olish kunlari yarim tundan keyin elektr samokatlarni ijaraga olish ta’qiqlandi.
Yaponiyada elektr samokatda davlat raqami va yon oynalari bo‘lishi kerak, shuningdek, ularning piyodalar yo‘lagida harakatlanishi ham ta’qiqlangan.
Buyuk Britaniyada elektr samokatdan foydalanuvchida Q toifali haydovchilik guvohnomasi bo‘lishi darkor.
Daniya, Ispaniya va Norvegiyada maxsus dubulg‘a kiyish 2022 yildan boshlab minimal texnik standart sifatida joriy qilingan.
Rossiyada 2023 yildan elektr samokatlardan foydalanuvchilarning yuk va boshqa yo‘lovchilarni tashishi ta’qiqlandi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda amaldagi yo‘l harakati qoidalariga “elektr samokat” tushunchasi kiritilmagan. Mazkur qurilmalarni qulay shahar transporti sifatida rivojlantirish uchun qonunchilikni takomillashtirish va ulardan foydalanishni tartibga solish maqsadga muvofiq.
Xususan:
Mazkur chora-tadbirlar elektr samokatlardan foydalanishda xavfsizlikni oshirish, noxush hodisalar sodir bo‘lishi hamda aholi o‘rtasida ushbu ekologik va qulay transport turiga nisbatan salbiy fikr uyg‘onishining oldini olishga xizmat qiladi.