Farmonga ko‘ra poytaxtda havo sifati va ekologik barqarorlikni oshirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
🔹 Qurilish maydonlari nazorati kuchaytiriladi.
500 m²dan katta maydonlar bir haftada to‘liq tekshiriladi. Kamida 25% hudud ko‘kalamzorlashtirilgan bo‘lishi, suv purkagichlar ishlashi, g‘ilderak yuvish havzalari va materiallarni yopiq holda tashish talab etiladi.
🔹 Katta qurilishlarda monitoring stansiyalari majburiy bo‘ladi.
1000 m²dan yirik ob’ektlar havo monitoringi uskunalarini o‘rnatib, Ekologiya qo‘mitasi tizimiga ulaydi. Yo‘l bo‘ylari va hovlilardagi yashil hududlar muntazam yuviladi va sug‘orish tizimlari kuchaytiriladi.
🔹 Mikroiqlimni yaxshilash bo‘yicha yirik loyihalar.
3 oyda shaharning 4 yo‘nalishida kamida 3 tadan sun’iy ko‘l barpo etiladi. 2 haftada favvoralar sonini kamida ikki barobar oshirish dasturi ishlab chiqiladi.
🔹 Issiqxonalar bo‘yicha nazorat kuchaytiriladi.
Bir haftada issiqxonalarni tabiiy gaz bilan ta’minlash bo‘yicha shartnomalar tuziladi. 200 m²dan ortiq issiqxonalarda ekologik talablarni buzish, chang tarqatish holatlari uchun jarimalar oshiriladi. Yoqilg‘i yoqilishi aniqlangan taqdirda ob’ektlarni davlat foydasiga musodara qilishni ko‘zda tutuvchi jinoiy javobgarlik joriy etiladi.
🔹 Havo tozalagichlar bojdan ozod etildi.
Maishiy havo tozalash uskunalarini O‘zbekistonga olib kirishda bojxona boji bekor qilindi.