Bugun 16 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Toshkent shahrida dori vositalari noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, Yunusobod tumanida fuqaro N.K. va boshqalar tegishli sifatni tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 199 mln so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan 10 ming quti “Levomer 500 mg” nomli dori vositasini fuqaro M.X.ga 13 ming dollarga sotgan vaqtida ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 09:42 15.11.2024. O'qildi: 372 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!