Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, YTH oqibatida haydovchi olgan tan jarohatlari tufayli shifoxonaga olib ketilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shu yilning 15 noyabr kuni tungi soat 22:00 larda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani Ulug‘ G‘ulomov ko‘chasi 8/1-uy qarshisida haydovchi 1988 yilda tug‘ilgan D.A. “Cobalt” rusumli avtotransport vositasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga to‘qnashishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.