Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkentda chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlagan fuqaro aholining noroziliklariga sabab bo‘ldi

A A A
Toshkentda chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlagan fuqaro aholining noroziliklariga sabab bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Mirobod tumanida bir nechta shaxslar ko‘chaga noqonuniy ravishda chiqindilar tashlashi oqibatida fuqarolar e’tiroz bildirganligi aks etgan video tarqalgan.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 20 mart kuni Mirobod tumani, Sariko‘l ko‘chasida joylashgan oshxonalarning birida, 1995 yilda tug‘ilgan B.J. ko‘mirdan chiqqan kul va chiqindilarni axlat solish uchun mo‘ljallangan temir quti yoniga to‘kib ketgan. Natijada, to‘liq o‘chmagan olov ichidagi cho‘g‘lardan tutun chiqa boshlab, fuqarolarning e’tirozlariga sabab bo‘lgan. Xabardan so‘ng xodisa joyi chiqindilardan tozalangan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB tomonidan fuqaro B.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 161-moddasi (“Shaharlarni va boshqa aholi punktlarini obodonlashtirish qoidalarini buzish”) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Kiritildi: 11:04 23.03.2025. O'qildi: 608 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!