Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Toshkentda bosqinchilar qo‘lga olindi

A A A
Toshkentda bosqinchilar qo‘lga olindi

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, jinoyatchilar SH.M.ning uyida bo‘lgan turmush o‘rtog‘i J.M.ni pichoq bilan qo‘rqitib, yuziga qo‘llari bilan urib jarohat yetkazib, uyidan pullari hamda uyiga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasi xotirasini olib, hovlidagi SH.M.ga tegishli “Neksiya” rusumli avtomashinasiga o‘tirib voqea joyidan yashiringanlar. Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina Bo‘ka tumani Ho‘jaqo‘rg‘on mahallasidan topilgan. Shuningdek ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Yangiyo‘l tumanida yashovchilar, B.M., B.Q., A.A., M.J., D.A., A.K. va H.X.lar sodir etganliklari aniqlanib qo‘lga olinganlar.

 

Kiritildi: 06:53 13.05.2018. O'qildi: 1484 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik