Bugun 15 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?

Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?

Tahlillar Toshkent shahrida 2025 yil 1 yanvar holatiga xonadon narxi 11,2 yillik to‘lanadigan ijara haqiga teng ekanini ko‘rsatmoqda.

Tahlilga ko‘ra, 2017 yildan boshlab mamlakatda uy-joy qurilish sur’ati keskin oshib, uy-joy taklifi ko‘paydi. Xususan, 2010-2016 yillarda xonadon (uylar) soni 400 ming donaga ko‘paygan bo‘lsa, o‘tgan 7 yilda ushbu ko‘rsatkich 1,65 millionga ko‘paygan. 2024 yilda 100 mingdan ortiq xonadonga ega bo‘lgan ko‘p qavatli uy joylar qurilib, uylar soni 7,6 milliontaga yetdi.

2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan uy-joy oldi-sotdi bitimlari soni o‘tgan yilga nisbatan 5,8 foizga pasayib, jami 256,6 ming donani tashkil etdi. Markaz hisob-kitoblariga ko‘ra, 2025 yil yanvar holatiga tijorat ipoteka kreditlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavka 25,3 foizga teng.

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yil bo‘yicha tijorat banklarining o‘z mablag‘lari hisobidan ajratilgan ipoteka kreditlari o‘rtacha foiz stavkasi 24,8 foizni tashkil etgan.

Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?

2025 yil uchun kutilmalar

2025 yilda ham uy-joy bozorida talab va taklifni qo‘llab quvvatlashga qaratilgan ishlar davom ettirilishi ko‘zda tutilgan. Xususan, 2025 yilda 120 ming xonadonli ko‘p qavatli uylar qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, uy-joy dasturlarini moliyalashtirishga byudjetdan 15,5 trln so‘m, banklar tomonidan qo‘shimcha 10 trln so‘m yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

Uy-joy narxlari

2022-2024 yillarda uy-joy narxlari o‘zgarishining tahlili ko‘rsatishicha, o‘tgan 2 yilda narxlar o‘sishi sekinlashmoqda. Misol uchun, 2022 yilda nominal uy-joy narxlari respublika bo‘yicha o‘rtacha 23,6 foiz (dollar hisobida) o‘sgan bo‘lsa, 2024 yilda narxlar o‘sishi 6,2 foizni tashkil etdi.

Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?

Toshkent shahrida ijara narxlari o‘zgarishi

2022 yil yanvardan 2024 yil dekabriga qadar Toshkent shahrida o‘rtacha ijara narxi (1 kv.metr) 1,2 foizga o‘sgan. Ijara narxi o‘sishi asosan 2022 yilda kuzatilib (25 foiz), 2023 yildan boshlab ijara narxi pasayishni boshlagan.

Xususan, yillik hisobda ijara narxi o‘sishi 2023- yil yanvaridan pasayishni boshlab, 202- yil oktyabrdan 2024 yil dekabrgacha ijara narxi tushishi kuzatilmoqda. 2024 yil yakuniga ko‘ra, ijara narxi o‘rtacha 8,2 dollarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 11,5 foizga pasaygan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Toshkent shahrida 2025 yil 1 yanvar holatiga xonadon narxi 11,2 yillik to‘lanadigan ijara haqiga teng. 2022 yil solishtirganda yanvariga uy-joy narxlari ijara narxlariga nisbatan tezroq o‘sgani tufayli ushbu nisbat kattalashib (3,65 yilga ko‘paygan) kelgan. Boshqacha aytganda, mazkur davrda xonadon sotib olishdan ko‘ra ijarada turish afzalligi ortgan.

Qabul qilingan normalarga ko‘ra, narx-ijara nisbati 16 yilgacha bo‘lsa uyni sotib olish ijaraga olgandan “afzalroq”, 16–21 yil oralig‘ida bo‘lsa, xonadon sotib olish va ijaraga turish qiymati bir xil, 21 yildan katta bo‘lsa, ijarada turish uyni xarid qilishdan ko‘ra afzalroq hisoblanadi.

Shunga ko‘ra bugungi kunda Toshkent shahrida xonadon sotib olish ijarada turishga nisbatan “arzon”roq (afzal) hisoblanadi.

Kiritildi: 17:00 14.03.2025. O'qildi: 896 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!