Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Toshkentda birinchi O‘zbekiston – Koreya xalqaro energetika forumi o‘tkaziladi

Toshkentda birinchi O‘zbekiston – Koreya xalqaro energetika forumi o‘tkaziladi

Toshkent shahrida joriy yil 28 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va energetika vazirligi, Koreya Energetika agentligi hamkorligida birinchi O‘zbekiston – Koreya xalqaro energetika forumi bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi UzA.

Anjumanda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida texnologik hamkorlikni yanada rivojlantirish, investision sheriklikni mustahkamlash, soha mutaxassislari almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, innovasion va barqaror energetika yechimlarini tadqiq etishga e’tibor qaratiladi.

Bundan tashqari, forumda ekologik toza hamda samarali energiya tizimlariga o‘tish masalalari muhokama qilinadi. Tadbir mintaqadagi asosiy energetika muammolarini hal qilish va imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.

Anjumanda Toshkent shahridagi Adju universiteti, Koreya iqlim o‘zgarishi instituti va Energetika mutaxassislarini tayyorlash markazi vakillari, tadqiqotchi-olimlar, manfaatdor tashkilotlar xodimlari ishtirok etadi.

Kiritildi: 23:30 20.05.2025. O'qildi: 358 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!