Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Dron kuzatgan, raketa urgan: Rossiya Sumidagi poligonga zarba berdi

Dron kuzatgan, raketa urgan: Rossiya Sumidagi poligonga zarba berdi

Rossiya Ukrainaning Sumi viloyatidagi poligoniga zarba berdi, qurbonlar bor.

Ukraina Milliy gvardiyasi Sumi viloyatidagi mashg‘ulot lageriga rossiyaliklar tomonidan berilgan zarba oqibatida olti nafar harbiy halok bo‘lgani, 10 dan ortiq askar yaralanganini ma’lum qildi. Bir kun avval Rossiya Mudofaa vazirligi “Iskander” raketa majmuasi orqali hujum uyushtirish orqali o‘nlab ukrain harbiylari o‘ldirilganini xabar qilgan edi.

Ukraina Milliy gvardiyasi zarba 20 may kuni harbiy qismning o‘q otish maydonida mashg‘ulotlar o‘tkazilayotgan vaqtda amalga oshirilganini bildirdi.

Sumi viloyatidagi fojia ukrainlar orasida keskin reaksiya keltirib chiqardi. Ukraina Oliy radasi deputati Oleksiy Goncharenko rossiyalik harbiylar Ukraina Qurolli kuchlari lagerida kuzatuv olib borganini aytgan.

Deputatning so‘zlariga ko‘ra, hudud ustida uzoq vaqt davomida dron harakatlangan, aynan ushbu qurilma nishonni belgilab, zarbani yo‘naltirgani taxmin qilinmoqda. Goncharenko ro‘y bergan hodisani "aslida front chizig‘ida harbiylar mashg‘ulotlarini o‘tkazishga qaror qilganlarning jinoyati" deb atagan.

TSN telekanali muxbiri Yuliya Kiriyenko-Merinova Shostkadagi poligonda ballistik raketa zarbasi vaqtida qo‘mondonlik shaxsiy tarkibni saflamaganini yozgan. Uning ma’lumotiga ko‘ra, bu front chizig‘iga yaqin joylashgan har bir harbiy qismda mavjud bo‘lgan odatiy o‘q otish poligonidir.

"Harbiy qism komandiri dushmanning razvedka dronini e’tiborsiz qoldirgani uchun lavozimdan chetlatilgan. Tergov ishlari olib borilmoqda", — deya ma’lum qildi Ukraina milliy gvardiyasi qo‘mondoni Oleksandr Pivnenko.

Kiritildi: 21:06 21.05.2025. O'qildi: 999 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!