Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Isroil yana nazoratdan chiqib ketdi

Isroil yana nazoratdan chiqib ketdi

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Falastinning Jenin shahriga tashrifi chog‘ida bir guruh diplomatlarning Isroil tomonidan o‘qqa tutilishini keskin qoraladi.

Turkiya, Jenin shahriga tashrifi chog‘ida Turkiya Respublikasining Quddusdagi Bosh konsulligi xodimi ham bo‘lgan bir guruh diplomatni Isroil harbiylarining nishonga olganini keskin qoraladi.

Diplomatlarning hayotini xavf ostiga qo‘ygan hujum Isroilning xalqaro huquq va inson huquqlarini muntazam ravishda mensimasligining yana bir misolidir.

“Diplomatlarga hujum nafaqat ularning shaxsiy xavfsizligiga, balki davlatlararo munosabatlar asosini tashkil etuvchi hurmat va ishonch muhitiga ham jiddiy tahdid soladi”, — deyiladi bayonotda.

Tashqi ishlar vazirligi hujumni zudlik bilan tergov qilishni va aybdorlarning javobgarlikka tortilishini talab qildi.

“Biz xalqaro hamjamiyatni bu xavfli harakatni imkon qadar keskin qoralashga va Isroilning jazosiz qolishiga barham berish uchun aniq choralar ko‘rishga chaqiramiz”, — deyiladi departament bayonotida.

Kiritildi: 23:53 21.05.2025. O'qildi: 1477 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!