Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda biometrik ma’lumotlar asosida inson yuzini aniqlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi

Toshkentda biometrik ma’lumotlar asosida inson yuzini aniqlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, sessiyada deputatlar Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi mas’ul xodimi Shavkat Fayziyevning “Biometrik ma’lumotlarga asoslangan yuzni aniqlash va nazorat qilish tizimining loyiha konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi axborotini muhokama qilishdi.

Mutasaddining ta’kidlashicha, aholi salomatligi va jamoat tartibini saqlashda, huquqbuzarliklarning oldini olishda, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda, inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashda ushbu tizimning ahamiyati katta. Shu bois, biometrik ma’lumotlarga asoslangan yuzni aniqlash va nazorat qilishning kompleks tizimi yaratilmoqda.

Natijada jamiyatda ko‘plab muammolarga yechim topiladi. Jumladan, ilg‘or texnologiyalar asosida xavfsizlik ta’minlanadi, ijtimoiy ob’ektlar, jamoat joylarida nazorat va tezkor axborot tizimi takomillashtiriladi, biometrik ma’lumotlar bazasiga asoslangan nazoratni kuchaytirish mexanizmi joriy etiladi, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga erishiladi. Shuningdek, aholi salomatligini ta’minlash, xususan, virusli, yuqumli kasalliklar tarqalishi, jinoyatchilik va terrorizm kabi xavf-xatarlarning oldi olish yo‘nalishidagi ishlarga katta yordam bo‘ladi.

Kiritildi: 13:09 23.08.2022. O'qildi: 2185 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!