Bugun 18 aprel, 2025 yil, juma

КИР

Rossiya fuqaroligi uchun jang? Donbassda asirga tushgan xitoylik nima dedi?

Rossiya fuqaroligi uchun jang? Donbassda asirga tushgan xitoylik nima dedi?

Donbassda qo‘lga olingan Xitoy fuqarosi so‘roq paytida Rossiya safida ko‘ngilli ravishda jang qilganini ma’lum qildi — “Ukrainskaya Pravda”.

Ukraina harbiylarining “Ukrainskaya Pravda” nashriga ma’lum qilishicha, asirga olingan ikki nafar xitoylikdan biri Rossiya armiyasiga qo‘shilish uchun vositachiga 300 ming rubl (3,5 ming dollar) to‘laganini aytgan.

Ukraina harbiylariga ko‘ra, bu xitoylik fuqaro o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk Xalq Respublikasida (LXR) Xitoy fuqarolaridan tashkil topgan guruh tarkibida tayyorgarlikdan o‘tgan. Tayyorlov jarayonida asosiy harbiy ko‘nikmalar o‘rgatilgan, lekin tarjimon bo‘lmagan, muloqot imo-ishoralar va mobil tarjimon orqali amalga oshirilgan.

Asirga olingan xitoylikning aytishicha, uning asosiy maqsadi harbiy bo‘lish va Rossiya fuqaroligini olish bo‘lgan. U, shuningdek, Rossiya qo‘shinlari saflarida jang qilayotgan ayrim xitoyliklar Xitoyda “qonunchilik bilan bog‘liq muammolar”ga duch kelganini ham ta’kidlagan.

Asirga olingan xitoylik oilasi uning Rossiyaga borish niyatidan xabardor bo‘lganini, biroq u rasmiy ravishda sayyoh sifatida mamlakatni tark etganini qo‘shimcha qilgan.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 8 aprel kuni Donesk viloyatida Rossiya armiyasi safida jang qilgan ikki nafar Xitoy fuqarosi asirga olinganini ma’lum qilgan edi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi esa doimo o‘z fuqarolarini qurolli mojarolarda ishtirok etmaslikka va ularni bunday holatlardan yiroq bo‘lishga chaqirib kelganini bildirdi.

Kiritildi: 19:40 09.04.2025. O'qildi: 5434 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!