Ukraina Rossiyani qancha kerak bo‘lsa, shuncha ushlab tura olishiga ishonch hosil qilmoqda.
The Economist nashrining yozishicha, chet ellik yollanma askarlar, shu jumladan xitoylik jangchilarning kelishi ehtimoli bo‘lishiga qaramay, Kiyev o‘zining dronlar ishlab chiqarishiga va taktik ustunligiga umid bog‘lamoqda.
Mart oyida Rossiya qo‘shinlari 2023 yil avgustidan beri ukrainaliklarning nazoratida bo‘lgan Kursk viloyatidagi hududlardan ularni siqib chiqardi. Rossiya qo‘shinlari sara bo‘linmalar, shimoliy koreyalik jangchilar va radio to‘siqlardan himoyalangan optik tolali dronlardan foydalandi. Endi jang harakatlari yana Ukraina hududiga ko‘chdi. Chegaradagi qishloqlarni o‘qqa tutish to‘xtamayapti, aholi ommaviy tarzda ko‘chirilmoqda.
Sumi viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Vladimir Artyuxning aytishicha, chegarani kesib o‘tgan rossiyalik desantchilar yo‘q qilingan.
Donbassda shiddatli janglar davom etmoqda. 8 aprel kuni prezident Vladimir Zelenskiy Rossiya tomonida jang qilgan ikki nafar Xitoy fuqarosi asirga olinganini ma’lum qildi. Bu masala diplomatik darajada ko‘tariladi.