Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda bedarak yo‘qolgan 6 yoshli bola jasadi quduqdan topilgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda bedarak yo‘qolgan 6 yoshli bola jasadi quduqdan topilgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda bedarak yo‘qolgan 6 yoshli bola jasadi suv bilan to‘ldirilgan quduqdan topilganligi haqida xabarlar tarqalgan.

Aniqlanishicha, xizmat ko‘rsatuvchi korxona ishchilari tomonidan yorilgan issiq suv quvurini ta’mirlash maqsadida kavlangan chuqur ochiq xolatda qoldirilgan va uning atrofida xavfsizlik to‘siqlari o‘rnatilmagan. Oqibatda yuqoridagi noxush holat yuz bergan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:39 09.07.2024. O'qildi: 640 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!